"Manchester Siti" sardori faoliyatini 2 yoshli klubda davom ettirishi mumkin

  • 23.02.2025 20:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ko‘rinishidan, Kevin de Bruyne yozda o‘n yil davom etgan faoliyatidan so‘ng "Manchester Siti" bilan xayrlashadi. "TBR Football" xabar berishicha, 33 yoshli de Bruyne MLS klubi "San-Diego" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Klub belgiyalik yarim himoyachini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritmoqchi.

Hozirgacha yarim himoyachi "Manchester Siti" safida 408 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urdi va 173 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shuningdek, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi "San-Diego" MLS dagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu klub 2023 yilning  18 mayida tashkil etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!