"Manchester Siti" yulduzi hakamni turtib yiqitdi, lekin jazosiz qoldi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Enzo Fernandez Chempionlar ligasi 2-turida «PSJ»ga qarshi o‘yin (2:4) paytida hakamga nisbatan qo‘pol harakat qildi.
74-daqiqada «shaharliklar» himoyachisi Abduqodir Husanov raqib jarima maydoni yaqinida turgan jamoadoshiga to‘p uzatdi. To‘pga yo‘nalgan argentinalik futbolchi yo‘lida bosh hakam Sven Yablonskiga duch keldi. Enzo qo‘llari bilan hakamni turtib yubordi va nemis referi gazonga yiqildi.
Ispaniyalik sobiq hakam Pavel Fernandezning fikricha, Premyer-liga klubi futbolchisi maydondan chetlatilishi kerak edi.
«Enzo Fernandezning xatti-harakati juda afsuslanarli – u hakam Sven Yablonskini turtib yubordi. Hakam uning yo‘lida to‘sqinlik qilib qolgani rost, ammo futbolchi bu vaziyatdan foydalanib, unga hujum qildi. Bu holatda qizil kartochka berish kerak edi», – deb yozgan Pavel Fernandez.

Fikrlar