
“Manchester Siti”ning yana bir yulduzi Italiyaga ketishi kutilyapti
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva kelajagi borasida bir qarorga kelishi talab etiladi. Portugaliyalik yulduz 2017 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib keladi.
Silvaning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Klub yaqingacha unga yangi shartnoma bermoqchi emas edi. Biroq bosh murabbiy Xosep Gvardiola yozda Bernarduga sardorlik vazifasini yukladi va ayni paytda klub 31 yoshli futbolchini tarkibda olib qolish borasida bosh qotiryapti.
Shunga qaramay, Silvaga xaridorlar chiqa boshladi. Tuttosport nashrining yozishicha, “Yuventus” kelasi yoz hujumkor futbolchini erkin agent maqomida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Buning uchun Turin superklubi mutasaddilari FIFA qoidasiga tayangan holda Bernardu Silva bilan yanvar oyidayoq muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bernardu Silva Xosep Gvardiola qo‘l ostida klublar miqyosidagi barcha nufuzli sovrinlar, jumladan, Angliya Premer-ligasi chempionligi, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar