
Manchester yulduzining qimmatbaho mashinasini tortib olishdi
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onananing qimmatbaho avtomobili politsiya vakillari tomonidan vaqtinchalik musodara qilindi.
Gap shundaki, narxi 350 ming funt sterlingdan qimmat turadigan Lamborghini Urus rusumli mashinani Andrening do‘sti tegishli sug‘urtasiz boshqargan paytda politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Politsiya futbolchiga tegishli mashinani evakuatorga yuklab, jarima maydonchasiga olib ketgan. Bu voqea 7 may kuni sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Andre Onanada mashinasini qaytarib olishi uchun ikki hafta vaqt bor. Endi mashg‘ur darvozabon Lamborghini Urus aynan unga tegishli ekani va belgilangan tartibda sug‘urtadan o‘tkazilganini isbotlab berishi kerak. Agar Onana bu ishni o‘z vaqtida qilmasa, qimmatbaho mashina auktsionda sotib yuboriladi yoki utilizatsiyana jo‘natiladi.
Fikrlar