"Manchester Yunayted" A Seriyadan 3 ta futbolchi sotib olmoqchi

  • 21 noyabr, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi Italiya A Seriyasidan 3 ta futbolchi sotib olmoqchi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” hujum chizig‘ini kuchaytirishda "Yuventus" forvardi Mario Manjukich va "Roma" forardi Edin Jekolar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ilmessaggero nashrining yozishicha mankuanliklar bundan tashqari "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo va "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonalilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jeko joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 20 yoshli Dzanolo 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 19 yoshli Tonali esa 12 ta o‘yinda 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!