“Manchester Yunayted” bu futbolchidan voz kechishga tayyor

  • 13.11.2022 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa sardori Harri Maguayrni qishki transferlar vaqtida sotib yuboradigan bo‘ldi.

Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, mankuniyaliklar 29 yoshli himoyachini 30 million evroga baholamoqda.

Aslida “Manchester Yunayted”ni bu futbolchini 2019 yili “Lester”dan 87 million evroga xarid qilgandi. Keyingi paytda Maguayr o‘yinida keskin pasayish kuzatilmoqda va u ikki mavsumdan beri o‘zini o‘nglab ololmayapti.

Harri Manchesterga kelganidan beri barcha turnirlarda 153 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga ettita gol va beshta assist rasmiylashtirgan.

Maguayrning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!