"Manchester Yunayted" Ferguson ketganidan keyin kompensatsiyalarga qarib 100 mln funt sarfladi
"Manchester Yunayted" klubi Ser Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan keyin murabbiylar va rahbariyat aʼzolariga toʻlangan kompensatsiyalar uchun qarib 100 million funt sarfladi.
Dushanba kuni MYu Ruben Amorimni bosh murabbiylik lavozimidan ozod qildi. "The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, shartnomasi tugashiga bir yarim yil qolgan portugaliyalik mutaxassis 10 million funt miqdorida kompensatsiya oladi.
Shu tariqa, 2013 yilda Fergyuson ketganidan keyin "Manchester Yunayted" ishdan boʻshatilgan murabbiylar va ularning shtablariga jami 78 million funt kompensatsiya toʻlagan. Xususan, Devid Moyesga 4,9 million funt, Lui van Galga 8,4 million funt, Joze Mourinyuga 19,6 million funt, Ole-Gunnar Sulsherga 10 million funt, Ralf Rangnikka 14,7 million funt va Erik ten Hagga 10 million funt toʻlangan.
Bundan tashqari, MYu murabbiylarni tayinlash, shuningdek, klub direktorlarini ishga olish va ishdan boʻshatish bilan bogʻliq jarayonlar uchun taxminan 21 million funt sarflagan. Eng katta kompensatsiya esa 2024 yilda Amorimni tayinlash uchun "Sporting" klubiga toʻlangan 11 million yevro boʻldi.

Fikrlar