“Manchester Yunayted” Frantsiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi

  • 21 iyul, 2022, 16:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar beradi “L'Equipe” nashri. Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” hozirda transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Shu bilan birga, Pavar Angliya Premer ligasidan boshqa jamoaga o‘tishi ham mumkin. Oldinroq, xabar ma’lum qilganimizdek, futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda, biroq Jyul Kunde va Presnel Kimpembe bilan kelishuvga erisha olmagan taqdirdagina, “aristokratlar” Pavarga e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Pavard 2019 yilning yozida "Bavariya"ga o‘tgan edi. Bungacha futbolchi “Shtutgart” sharafini himoya qilgan. Benjamin Frantsiya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va 2018 yilgi JChda Dide Desham jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!