"Manchester Yunayted" himoyachisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin!

  • 29.08.2025 14:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Niderlandiyalik himoyachi Tirell Malasiya "Manchester Yunayted"ni tark etib, Ispaniya chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi. "Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga "Elche" qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" rahbariyati ham o‘z navbatida Malasiyani La Ligaga qo‘yib yuborishga tayyor. U mankunianliklar safiga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgandi. MYu va Tirell o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Himoyachining narxi sakkiz million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining dastlabki turlarida "Elche" ikki bor durang o‘ynadi. Jamoa turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!