"Manchester Yunayted" ikki murabbiydan birini tanlashi kerak
MYU yozda bosh murabbiylik lavozimi uchun variantlar ko‘rib chiqadi.
Bosh murabbiysiz qolgan "Manchester Yunayted" yozda jamoaga yangi murabbiy tayinlash uchun nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Yaqindagina klub Maykl Kerrikni mavsum oxirigacha jamoani boshqarishini e’lon qilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, "qizil iblislar" nomdor murabbiyni olib keladi va u bilan yangi loyihani ishga tushiradi. Insayder Fabrizio Romano bergan xabarlarga ko‘ra, hozirda ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Tomas Tuxel va Roberto de Zerbi varianti bor. Tuxel hozirda Angliya terma jamoasida, italyalik mutaxassis esa Fransiyaning "Marsel" klubida murabbiylik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, har ikki murabbiy ham o‘z vaqtida Angliya Premier-ligasida ishlashga ulgurgan.
Fikrlar