Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Manchester Yunayted» jahon chempionini sotib olmoqchi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» kelasi yozda Niko Uilyamnsni 95 million yevro kompensatsiya pulini to‘lab sotib olishga tayyor.

«Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

The Mirror va The Telegraph nashrlari yozishicha, kelasi yozda «Manchester Yunayted» tarkibni jiddiy kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, «qizil shaytonlar»ning ustuvor transfer ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri aynan Niko Uilyams hisoblanadi.

Futbolchining «Atletik» bilan amaldagi shartnomasida 95 million yevro miqdorida kompensatsiya puli ko‘rsatilgan. Xabarlarga ko‘ra, bu summa «Manchester Yunayted» uchun jiddiy to‘siq emas – klub ushbu miqdordagi to‘lovni amalga oshirishga tayyor.

Joriy mavsumda 24 yoshli Niko Uilyams Ispaniya chempionatida olti o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q