
"Manchester Yunayted" Mbyomo transferi bo‘yicha vaqtinchalik muzokaralarni to‘xtatdi
"Manchester Yunayted" klubi "Brentford" vingeri Brayan Mbyomo transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.
Avvalroq mankuniyanliklar frantsiyalik futbolchi uchun 62,5 million funt taklif qilgan, ammo "Brentford" bu summani kam deb topib, 65 million talab qilgan edi. Endi esa klub narxni yanada oshirib, deyarli 70 million funt talab qilmoqda.
Bu o‘zgarish MYu rahbariyati – Jim Retkliff va Jeyson Uilkoks tomonidan qarshilikka uchradi. Ular shoshma-shosharlik bilan bitimni yopish niyatida emas. Qayd etilishicha, "Brentford" o‘z pozitsiyasini mustahkam deb hisoblamoqda, chunki Mbyomo bilan amaldagi shartnoma 2025 yil yozida tugaydi, ammo yana bir yillik avtomatik uzaytirish bandi mavjud.
Shu sabab, agar manchesterliklar yangi taklif tayyorlamoqchi bo‘lsa, avval Markus Reshford, Alexandro Garnacho, Antoni, Jeydon Sancho yoki Malasiya kabi futbolchilardan birini sotib yoki ijaraga berib mablag‘ topishi mumkin. Manbaga ko‘ra, mazkur futbolchilar klubni tark etish istagini bildirishgan va MYu ularga kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar