
“Manchester Yunayted” muammolarni bartaraf qiladigan futbolchi topdi
Ralf Rangnik “Manchester Yunayted” rahbariyatini yozgi transferlar vaqtida birinchi bo‘lib, “Leyptsig” yarim himoyachisi Konrad Laymerni olishga ko‘ndirmoqchi.
Germaniyalik mutaxassis o‘zi shaxsan taniydigan bu o‘yinchi manchesterliklarning maydon markazidagi muammolarini bartaraf etishiga ishonmoqda.
“Manchester Yunayted”ning hozirgi tarkibi yuksak maqsadlar sari kurashishga qodir emasligi ko‘rinib qoldi. Jamoa katta ehtimol bilan kelasi yili Chempionlar ligasida ishtirok etolmaydi.
Laymer joriy mavsumda yuqori safida o‘yin o‘tkazmoqda. U 25 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol va uchta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar