“Manchester Yunayted” nemis futboli yulduzini olib keladi

  • 23 sentabr, 2024, 14:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibini kuchaytirishni davom ettiradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar “Bavariya”ning 29 yoshli yarim himoyachisi Leon Goretskaga qiziqish bildiryapti. 

Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, inglizlar nemis futboli yulduzini qishki transferlar vaqtida olishga harakat qiladi. 

Goretska yangi mavsumda atigi ikki marotaba maydonga tushib, umumiy hisobda o‘n daqiqa to‘p tepdi. Mashhur futbolchi “Bavariya”dagi ahvolidan norozi va boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. 

Leon “Boxum” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-2018 yillar davomida “Shalke”da o‘ynaganidan keyin “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. Uning myunxenliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. 

“Manchester Yunayted” tajribali o‘yinchining transferini 30 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga hal qilishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!