
"Manchester Yunayted" o‘z tarixida ilk bor "Old Trafford"da "Bornmut"ga yutqazib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" kecha APL doirasida "Old Trafford"da "Bornmut"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu klub tarixida ilk marotaba sodir bo‘ldi.
Shu vaqtga qadar "qizil iblislar" o‘z maydonida "Bornmut"ga qarshi 5 g‘alaba va bitta durang natija qayd etgandi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan bir kun avval esa manchesterliklarning bir yo‘la uch futbolchisi APLda noyabr oyining eng yaxshilari sifatida e’tirof etilgandi. Erik Ten Xag - oyning eng yaxshi bosh murabbiyi, Xarri Maguayr - oyning eng yaxshi futbolchisi va Alexandro Garnacho - oyning eng chiroyli goli muallifi bo‘lgandi.
Fikrlar