“Manchester Yunayted” yana bir transferni yakunlamoqda

  • 24.08.2021 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” 31 avgustga qadar yana bir transferni amalga oshirishga bel bog‘ladi. Ule-Gunnar Sulsher maydon markazini mustahkamlash uchun “Xetafe”dan Mauro Arambari olib kelinishini kutyapti.

Mauro Arambarri 2017 yildan beri La Ligada 143 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z o‘yin uslubi bilan qator klublar e’tiborini qozondi.

“Manchester Yunayted” 25 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda “Barselona”ni ortda qoldirish maqsadida bu transferni tezroq amalga oshirishga harakat qilyapti.

Avvalroq, “Xetafe” rahbarlari Mauroni “Barselona”ga ijaraga jo‘natishga ko‘nmagan edi. Ular futbolchini 25 million funtga sotishni mo‘ljallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!