"Manchester Yunayted" yozda yulduz futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
"Manchester Yunayted" ayni vaqt ijarа asosidа "Aston Villa"da to‘p tepayotgan Jeydon Sancho bilan xayrlashadi.
Xabarlarga ko‘ra, "Aston Villa"da ijarа asosidа o‘ynayotgan Angliya terma jamoasi vingeri Jeydon Sancho yozda "Manchester Yunayted"ni tark etadi. "Qizil iblislar" vinger bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortmoqda. Futbolchining xizmatlariga "Komo", "Borussiya Dortmund" va ayni vaqtda futbolchi to‘p tepayotgan "Aston Villa" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Sancho 2021 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan 85 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Sentyabr oyida futbolchi "Aston Villa"ga ijaraга berilgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 25ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar