“Manchester Yunayted”da katta tozalash. Sulsher 9 futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

  • 26 iyun, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher chempionlik uchun kurashadigan jamoani boshqatdan qurmoqchi.

Klub rahbariyati shartnomalari yakunlanayotgan 9 nafar futbolchiga javob berib yuboradigan bo‘ldi.

Sulsher talabi bilan Kemeron Bortuik-Jekson, Demetri Mitchell, Itan Xemilton, Dion Makgi, Jorj Tanner, Eydan Barlou, Kiran O’Xara, Aleks Foytichek va Larji Ramazani o‘ziga boshfa jamoa topadi. Bosh murabbiy ularga imkoniyat bermaydi.

Yuqorida nomi zikr etilgan futbolchilar orasida faqatgina Ramazaniga yangi shartnoma taklif qilindi. Biroq, futbolchi ko‘proq maosh talab qilgani bois undan ham voz kechildi.

MYu o‘z tarbiyalanuvchilaridan Eynjel Gomesga ham bitim taklif qilgan. Lekin Evropaning qator jamoalari e’tiboriga tushgan 19 yoshli futbolchi hali yangi shartnomani qabul qilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!