Manchesterdan ketganimga afsuslanmayman!
Angliya Premer-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilayotgan argentinalik hujumkor futbolchi Alexandro Garnacho o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”dan ketganidan afsuslanmasligini ta’kidladi.
Ma’lumki, manchesterliklarga Ruben Amorim bosh murabbiy etib tayinlaganidan keyin bir necha futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Ular orasida Garnacho ham bor edi. Oxir-oqibat iqtidorli o‘yinchi boshqa klub tanlashiga to‘g‘ri keldi.
Shu tariqa, avgust oyining oxirida “Chelsi” 21 yoshli Garnachoni “Yunayted”dan 40 million funtga sotib oldi.
- Men Manchesterdan ketganimdan afsuslanmayman. Ba’zida hayotda bir qadam oldinga siljish va futbolchi sifatida o‘sish uchun nimanidir o‘zgartirish kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri vaqt va to‘g‘ri tanlov edi, shuning uchun qaror qabul qilish oson bo‘ldi. Men bu erga o‘z futbolimni o‘ynash va qanday futbolchi ekanligimni odamlarga ko‘rsatish uchun keldim.
Eng muhim narsa bu ishonch. Murabbiy men bilan har hafta gaplashadi va o‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan men futbolchi sifatida jamoa birgalikda o‘sib boraman. Biz mavsumni uch oy oldin boshlaganmiz, shuning uchun ishonchni mustahkamlash kerak, - dedi Alexandro Garnacho.
Fikrlar