Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Manchesterliklar 84 million evrolik transferni hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Klub bu futbolchi uchun ancha kurashdi

«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba faoliyatini «Manchester Yunayted» jamoasida davom ettiradi. Bu haqida The Article nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, klublar kamerunlik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim umumiy qiymati 84 million yevro etib belgilangan, bu summaga turli bonuslar ham kiritilgan.

Xabar qilinishicha, Baleba «Manchester Yunayted» bilan besh yillik shartnoma shartlarini ma'qullagan. Yaqin soatlarda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shundan so‘ng esa rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu bilan birga, u gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Balebaning bozor qiymati hozircha 55 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q