Manchesterliklar besh yulduzdan voz kechdi

  • 16.03.2026 05:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya premyer-ligasida mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” klubi yaqinlashib kelayotgan yozda jamoadan ketishi kerak bo‘lgan besh nafar futbolchini aniqlab oldi.

“Yunayted” rahbariyati  allaqachon yarim himoyachi Kazemironing mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligini tasdiqlab bo‘lgan. Biroq yozda klubni tark etadiganlar bu bilan cheklanmaydi.

The Sun ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari  darvozabon  Andre Onana, yarim himoyachilar Manuel Ugarte, Meyson Maunt, hujumchilar Joshuа Zirkzee va Rasmus Hyölundni sotib yuborishga tayyor.

Sanab o‘tilgan besh nafar futbolchining barchasi manchesterliklarning sobiq bosh murabbiy Erik ten Hag davrida niderlandiyalik mutaxassis talabi bilan olib kelingan va ular klubga taxminan chorak milliard funtga tushgan.

“Old Trafford”da ushbu futbolchilarga qilingan sarmoyani qaytarib olishning imkoni yo‘qligini tushunishmoqda va ular klubga kelganidan arzonroq narxga ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!