Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Manchesterliklar Germaniyadan yangi darvozabon oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Darvozani unga topshirsa bo‘ladi

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning darvozabonlar safiga qo‘shimcha kuch olib kelish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Uning ma’lumoticha, «Manchester Yunayted»ning diqqat markazida hozircha 20 yoshli nemis darvozaboni Dennis Zaymen turibdi. U hozirda «Shtutgart» sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi uchun kurashda mankunianliklar asosiy raqobatni «Inter» va «Atletiko» klublari bilan olib borishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Zaymenning «Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yosh darvozabonning ehtimoliy transfer bahosi taxminan o‘n million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum Bundesligada Dennis Zaymen to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan olti marta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q