Manchesterliklar uchta darvozani ham sotib yuboradi
Faqat bittasi ishonchni oqladi
Jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik hozircha asosiy darvozabon sifatida Senne Lammensga tayanishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, mutaxassislar shtabi unga munosib zahirachi topish zarurligini yaxshi tushunmoqda — kerak bo‘lgan paytda maydonga tushib, Lammens o‘rnini ishonchli ravishda bosadigan darvozabon kerak.
Hozircha yangi darvozabon bo‘lishi mumkin bo‘lgan aniq nomzodlar yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Senne Lammens "Manchester Yunayted"ning asosiy posboni sifatida maydonga tushib, Angliya premyer-ligasida 32 o‘yin o‘tkazdi va ularning sakkiztasini darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.
Izohlar (0)