Manchesterliklarning ikki yulduzi samolyotda janjallashdi
Ular bir samolyotga sig‘may qoldi
Britaniyaning Daily Mail nashri «Manchester Yunayted» klubi ichida yuzaga kelgan muammolar haqida maqola e’lon qildi. Materialda jamoa himoyachisi Lisandro Martinesning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan intervyusiga alohida to‘xtaliladi.
Unda futbolchi «Atletiko»dan mag‘lubiyatdan so‘ng klub siyosati va sport direktori Jeyson Uilkoks faoliyatini keskin tanqid qilgani esga olinadi. «Manchester Yunayted»ning yana bir o‘yinchisi Yuri Tilemans esa jamoadoshi so‘zlariga javoban faqat ikki og‘iz gap bilan cheklangan: «Izoh yo‘q».
Nashr manbalariga ko‘ra, Madriddan Manchesterga qaytish reysi vaqtida samolyot ichida Martines va Tilemans o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Shu voqeadan so‘ng jamoa ichidagi birdamlikka putur yeta boshlagani ta’kidlanadi.
«Manchester Yunayted» hozirgi paytda chempionat jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.
Izohlar (0)