Manchini: Italiya terma jamoasi hujumkor o‘yin namoyish etishi mumkin
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini milliy terma jamoaning kelasi o‘yinlari haqida gapirib o‘tdi.
"Menga himoyaviy o‘yin uslubi yoqadi. Bu uslubda biz to‘rtta jahon chempionatida zafar quchganmiz. Ammo endi Italiya terma jamoasi hujumkor o‘yin namoyish etishi mumkin. Qarshi hujumga asoslangan himoyaviy futbol ortda qoldi.
Muxlislarimizning terma jamoaga bo‘lgan ishtiyoqlari qayta tiklanishga erishdik. Endi esa Evropa chempionatida ularni yanada ko‘proq xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Manchini.
Fikrlar