Manuél Noyer: "Darvozabon pozitsiyasi uzoq vaqt kam baholangan"

  • 13.02.2026 23:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer oʻz pozitsiyasi jamoatchilik tomonidan yetarlicha qadrlanadimi-yoʻqmi, degan savolga javob berdi.

– Yangi avlod darvozabonlariga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

– Yangilikka ochiq boʻling. Oʻzingizning kuchsiz jihatlaringiz ustida ishlang. "Men faqat oʻng oyoq bilan oʻynayman", demang. Bugungi kunda har ikki oyogʻda ham toʻp bilan oʻynay olishingiz kerak. 

Qoʻrqmasdan tavakkal qiling, xatolarga yoʻl qoʻying. Ayniqsa yosh oʻyinchilar uchun tajriba toʻplash juda muhim. Darvozabonlik – ajoyib kasb. Bugun u avvalgidan ham dolzarbroq.

February 2026, Bavaria, Munich: Soccer: DFB Cup, Bayern Munich - RB Leipzig, quarter-final at the Allianz Arena. Goalkeeper Manuel Neuer celebrates...

– Sizningcha, bu pozitsiya yetarlicha eʼtirof etilyaptimi?

– Aytish qiyin. Menimcha, u uzoq vaqt davomida kam baholangan. Ammo hozir uning ahamiyati ortib bormoqda, chunki oʻyinga taʼsiri avval oʻylanganidan ancha katta.

– Faqat bitta darvozabon – Lev Yashin – "Oltin toʻp"ni yutgani adolatsiz deb oʻylaysizmi?

– Ha, ammo biz, darvozabonlar, buni qabul qilamiz. Aslida bu borada katta umidlarimiz ham yoʻq.

Eng avvalo, darvozabon pozitsiyasini toʻliq tushuna oladiganlar kam, deb oʻylayman. Har kim maydon oʻyinchisi pozitsiyasini tushunaman, deb oʻylaydi. Ammo darvozabon holatida darvoza ichida turib, vaziyatlarni his qilish kerak. Buning uchun esa muayyan tajriba talab etiladi", – dedi Noyer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!