Maqtashganichalik zo'r emas! Bu o'yinchini olib qolmaymiz!
Ishonchni oqlay olmadi
«Aston Villa» agar Alehandro Garnacho yaqin vaqt ichida oʻz oʻyinini yaxshilamasa, uni doimiy transfer asosida sotib olmaslik imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida Football Insider xabar berdi.
Yozda 22 yoshli argentinalik futbolchi «Chelsi»dan Birmingem klubiga ijara asosida oʻtgan edi. Shartnomada Garnachoni 43 million funt sterling evaziga sotib olish bandi mavjud boʻlib, u futbolchi muayyan miqdordagi uchrashuvlarda maydonga tushgan taqdirda kuchga kiradi.
2026/2027 yilgi mavsum boshidan buyon Garnacho maydonda jami 60 daqiqa harakat qildi. U besh marta zahiradan oʻyinga qoʻshildi.
«Aston Villa» rahbariyati agar yarim himoyachining oʻyini yaxshilanmasa, majburiy sotib olish bandi ishga tushishining oldini olish uchun uning maydondagi vaqtini cheklashga tayyor. Klub futbolchi oʻz qadrini isbotlashi kerak, deb hisoblamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Garnacho oʻtgan mavsumda «Chelsi» safida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urgan.

Izohlar (0)