Maradonaning mushtlashuvda yirtilgan kiyimi rekord narxda sotildi
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
Argentinalik hujumchi Diego Maradonaning futbol libosi "Matchday Football Auctions" kimoshdi savdosida 152 ming evroga sotildi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Futbolka 123 ming evroga sotildi, ammo 23% komissiya tufayli uning haqiqiy narxi 152 ming evroni tashkil etdi. U Maradonaning kimoshdi savdosida sotilgan klub futbolkalari orasida eng qimmati bo‘ldi.
Ushbu futbolkada Maradona 1984-yilgi Ispaniya kubogi finalida "Barselona" safida o‘ynagan, o‘shanda ko‘k-anorranglilar Bilbaoning "Atletik" jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘yindan so‘ng maydonda mushtlashuv boshlanib, futbolchining ekipirovkasi yirtilgan.
Lot tavsifida aytilishicha, futbolkani kiyim almashtirish xonasida kir yuvish uchun forma yig‘ayotgan klub xodimi topib olgan, u uni ta’mirlay olmagan va esdalik uchun qoldirgan. Yillar o‘tib, u futbolkani tanish erkakka sovg‘a qildi, keyin esa kiyim uning o‘g‘liga meros bo‘lib o‘tdi va u uni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Maradona 2020 yilda 60 yoshida vafot etgan. Argentinalik futbolchi 1986-yilgi jahon chempioni hisoblanadi, u "Barselona" tarkibida Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Italiyaning "Napoli" klubi bilan birgalikda u ikki karra Italiya chempioni, mamlakat kubogi, Superkubogi va UEFA kubogi sohibiga aylandi.