Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mareska Marmush bilan ehtimoliy ajralishga munosabat bildirdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Nyukasl» va «Tottenxem» «Mançester Siti» hujumchisi Omar Marmushni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa hujumchisi Omar Marmush atrofidagi vaziyatga izoh berdi. So‘nggi paytlarda misrlik futbolchining klubdagi kelajagi faol muhokama qilinmoqda. Unga Angliya premyer-ligasining bir qator jamoalari qiziqish bildirgani aytilmoqda. Xususan, «Nyukasl» va «Tottenxem» Marmushni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgan klublar qatorida tilga olinmoqda.

«Marmush borasida ham xuddi Trafford haqida aytgan fikrimni takrorlayman. Futbolchilar har kuni maydonga tushish uchun qattiq mehnat qilishadi. Shuning uchun o‘yin amaliyoti yetmasligi, albatta, ularni ranjitadi, bu tabiiy holat», — deya Mareskaning so‘zlarini jurnalist Simon Baykovski keltiradi.

2025/26 yilgi mavsumda Marmush «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalar hisobida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. Misrlik hujumchi sakkizta gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. 27 yoshli futbolchining angliyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q