Mareska "Siti"ga beshta yulduzdan birini tanlaydi
«Manchester Siti» yarim himoyani kuchaytirishga kirishdi. «Manchester Siti» joriy transfer oynasidan foydalanib, tarkibga yana ikki yarim himoyachi qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida GIVEMESPORT nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, birinchi nomzod sifatida «Lill» tarkibida to‘p surib kelayotgan Ayub Buaddi tanlangan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgani, transfer bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida ekani aytilmoqda.
Ikkinchi yarim himoyachi masalasida esa «Manchester Siti» hali yakuniy qarorga kelmagan. Klub bir nechta futbolchilardan iborat qisqa ro‘yxat tuzgan va hozircha besh nafar nomzod ko‘rib chiqilmoqda.
Bu ro‘yxatdan joy olgan futbolchilar quyidagilar: «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandez, «Liverpul» futbolchisi Aleksis Makallister, «Kristal Pэlas» o‘yinchisi Adam Uorton, «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott hamda «Roma» tarkibida harakat qilayotgan Manu Kone.

Fikrlar