Mareska “Siti”ga jiddiy vazifa qoʻydi
“Manchester Siti”ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska oʻzidan oldin jamoani boshqargan Xosep Gvardiola boshlab bergan sovrinlar yutish anʼanasini davom ettirishni istayotganini maʼlum qildi.
Aynan Mareska “Siti”da Gvardiolaning vorisi sifatida tanlangan edi va koʻpchilik “Manchester Yunayted”dan ser Aleks Ferguson, “Arsenal”dan Arsen Venger ketganidan keyin boʻlgani kabi “shaharliklar”da ham pasayish kuzatilishini kutmoqda.
Biroq Mareska jamoa sovrinlar uchun kurashdan chekinmasligiga ishonmoqda. Ayniqsa, u uchun Premyer-ligada oxirigacha harakatni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
- Biz bu mavsumda sovrinlar qoʻlga kiritish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Premyer-liga chempionligi – bu biz soʻnggi turgacha kurashishimiz kerak boʻlgan sovrinlardan biri. Chempionlik imkoniyatlarimiz haqida gapirishga hali erta.
Menga eng yoqadigan narsa – har kuni futbolchilarni rivojlantirish. Chunki futbolchilar oʻssa, jamoa ham kuchayadi. Bu juda muhim. Men bundan juda mamnunman.
“Inter”ga qarshi mavsumoldi oʻyinidagi harakatlarimiz menga juda yoqdi. Shuningdek, Gonkongga kelib, mashgʻulotlar va oʻyinda shunchalik koʻp muxlislar bilan uchrashganimdan ham juda xursandman, - dedi Mareska.

Fikrlar