Mariya Sharapova Rossiyaga kelmaydi
Rossiyalik Mariya Sharapova hamda amerikalik Vinus Uilyams Sankt-Peterburg shahrida o‘tadigan “St.Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirida ishtirok etmaydi.
Avval habar berganimizdek, mazkur musobaqa direktori Natalmya Kamelzon ushbu tennischilarning turnirda ishtirok etishlari borasida muzokara olib borayotganligi haqida xabar bergan edi. Biroq Mariya va Vinus so‘nggi qarorni qabul qilishdi va Rossiyaga kelmasliklari oydinlashdi.
Shu tariqa, “St.Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirida ruminiyalik Simona Xalep, frantsiyalik Karolin Garsiya va Kristina Mladenovich, germaniyalik Yuliya Gyorges, rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova, Elena Vesnina, Ekaterina Makarova hamda Nataliya Vixlyantseva kabi mahoratli tennischilar ishtirok etadi.

Izohlar (0)