
Markaziy Osiyo derbisida Javohir Ummatalievning qo‘li baland keldi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
75 kg da Javohir Ummataliev Qozog‘iston vakili Dias Moljigitovga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang mobaynida raqibiga nisbatan faolroq va aniq harakat qilgan Javohir yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni To‘rabek Xabibullaev va xitoylik Jinxiang Vang jangi kutyapti.
Fikrlar