"Markaziy" stadioni bu borada etakchi bo‘ldi

  • 20 may, 2024, 17:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda mezbonlar kichik 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yagona golga 90+3-daqiqada Filip Ivanovich mualliflik qildi.  

Tecno

Shu tariqa, "lochinlar" ushbu natijadan keyin ochkolarini 15 taga etkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Yo‘lbarslar" 11 ochko to‘plagan bo‘lib, klub hozircha 5-pog‘onani band etib turibdi. 

Bellashuvni tomosha qilish uchun "Markaziy" stadioniga 22350 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu 2024 yilgi mavsum uchun rekord natija hisoblanadi. Bunga qadar "Andijon" - "Metallurg" bahsi uchun "Bobur Arena"ga 19095 nafar muxlis kelgan bo‘lsa, "Neftchi" - "Andijon" uchrashuviga "Istiqlol" stadioniga 19867 muxlis tushgan.

 

 

Rekord o‘rnatgan "Vodiy derbisi"dan fotogalereya

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!