Martin Boake: "Boshlagan ishimni tugatish uchun qaytdim"

  • 01.02.2026 01:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” klubining qishki seleksiya paytida amalga oshirgan transferlaridan biri Martin Boake bo‘lib, muxlislar uchun u begona emas.

Boisi, O‘zbekistonga ilk bor kelgan 2021 yili aynan “Andijon”da yarim mavsum to‘p surgan.

Hozirda ushbu hujumchi “Andijon” bilan Antalya yig‘inida astoydil mehnat qilmoqda va kuni kecha klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

Qaytish va hissiyotlar

- Andijonga qaytish hissi qanday? Bu klub sizning faoliyatingizda nimasi bilan alohida?

- Men ortga qaytganimdan o‘zimni juda yaxshi his qildim va bu qarorimdan juda xursandman.

- 2021 yildan beri sizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

-  Men ko‘p tajriba oldim va hozir ancha ulg‘aydim.

- Qaytib kelishingizda qaysi omil asosiy rol o‘ynadi?

- Birinchisi, bosh murabbiyimiz bilan bu klubda nimalarga erishishimiz haqida juda yaxshi gaplashdik. Ikkinchisi, men ushbu jamoaga birinchi marta kelganimda boshlagan ishimni tugatish uchun qaytdim.  

Tajriba va o‘sish

- OKMK, Tailand va Turkiyada o‘ynash sizga nimani o‘rgatdi?

- Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, har lahzadan zavqlanish.

- Qaysi chempionat uslub jihatidan sizga eng qiyin bo‘ldi?

- Xitoy (superliga). 

- Bu tajribalar “Andijon”da sizga qanday foyda beradi?

- Oldindigidan ham qattiq ishlash.

Maydondagi maqsadlar

- Bu mavsum uchun shaxsiy maqsadingiz qanday?

- Klub bilan o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishishni istayman va bu borada qo‘limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

- “Andijon” muxlislariga qanday o‘yin va gollar ulashmoqchisiz?

- Men Andijondaligimda urgan gollarim bilan baham ko‘rishni yaxshi ko‘rardim. Lekin o‘shanda unchalik ko‘p gol urmagandim. Bu safar o‘zimni yanada yaxshiroq ko‘rsatishni istayman.

- Jamoada yosh hujumchilar bor — ularga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Qo‘rqmaslik, qattiq ishlash va futboldan zavqlanishni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!