Mashhur klub bosh murabbiyni ishdan haydab yubordi
Argentinadagi mashhur «River Pleyt» klubida navbatdagi inqiroz: jamoani boshqarib kelgan Eduardo Kude endi bu lavozimni tark etdi. Uning ketishiga Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalida «Independente Santa Fe»ga qarshi bahsda bosqichdan o‘ta olmagani asosiy sabab bo‘ldi.
Aslida, Kudening iste’fosi kutilmagan qaror emas edi. Avgust oyi boshidayoq u ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida klubdagi o‘rniga mahkam yopishib olmasligini, vaziyat talab qilsa, «River Pleyt» manfaatidan kelib chiqib, ketishga ham tayyor ekanini aytgandi.
Shu orada muxlislar orasida esa boshqa nom aytilayotir. Mashhur derbyderbyderby.it sayti yozishicha, «River Pleyt» ishqibozlari jamoaga Ramon Dias qaytib kelishini qat’iy talab qilmoqda.
Biroq klub rahbariyati tuzgan ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida Dias umuman ko‘rsatilmagan. Bu esa klub atrofidagi bahs va muhokamalarni yanada kuchaytirmoqda.

Fikrlar