Mashhur murabbiy “Chelsi”ni mensimadi
Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Angliya Premier-ligasining eng nomdor klublaridan hisoblangan “Chelsi”da ishlashga qiziqish bildirmayapti.
Hozirgi vaqtda “Chelsi” rahbariyati “Brayton”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatdan keyin Liam Rosenyorni ishdan haydaganidan keyin yangi murabbiy izlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “aristokratlar” Rosenyorning grand klublarda ishlash bo‘yicha tajribasizligi muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘ldi, degan xulosa kelgan va endi boshqaruvga tajribali va kuchli mutaxassisni jalb qilmoqchi.
Bunday tajriba Nagelsmannda bor, u 2021–2023 yillarda Germaniyaning eng qudratli klubi “Bavariya”da bosh murabbiy sifatida yaxshi ishlagan.
Biroq The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, hozircha “Chelsi” varianti 38 yoshli mutaxassisni qiziqtirmayapti.
Shuningdek, Nagelsmanni “Manchester Yunayted” bilan ham bog‘lashmoqda.
Nagelsmann klublarda faoliyat ko‘rsatishni istasa, u har qanday holatda ham faqat yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin tanlov qilishi mumkin bo‘ladi.

Fikrlar