
Mbappe afsonaviy futbolchining rekordini yangiladi
Bugun Frantsiya va Polsha terma jamoalari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 1/8 finalida o‘zaro bahs olib bordi. Shu kuni frantsuzlar raqib darvozasiga 3 ta gol urishdi va shundan ikkitasini Kilian Mbappe kiritdi.
Shu tariqa PSJ hujumchisi mundiallarda 8 ta gol urishga erishgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Mbappe sakkizinchi golini kiritgan paytda 23 yosh 349 kunlik edi. Bungacha esa ushbu rekord portugaliyalik futbol afsonasi Eysebioga tegishli edi. U 1966 yil jahon chempionatlarida sakkizinchi golini urganida 24 yoshu 182 kunlik bo‘lgan.
Fikrlar