Mbappe bu erda o‘rtamiyona o‘yinchi bo‘lardi

  • 19 iyun, 2023, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur paragvaylik darvozabon Xose Luis Chilavert PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Evropa futboli Janubiy Amerikanikidan ustun ekani haqidagi fikrlariga e’tiroz bildirdi.

Tecno

- Mbappe Janubiy Amerika futbolining darajasi yuqori emas, dedi. Men Kilian La-Pas yoki Kitoga kelib, balandlikda yugurib ko‘rishini, Braziliyada o‘ynab ko‘rishini istayman.

Bu erda Mbappe o‘rtamiyona o‘yinchi bo‘lardi. Chunki uning xatti-harakatlarini oldindan bilib olish mumkin.

Albatta, Mbappening tezligi katta, lekin janubiy amerikalik himoyachilar uni nazoratda ushlab turishga qodir, - dedi Xose Luis Chilavert.

Chilavert darvozabon bo‘lishiga qaramay, raqiblar darvozasiga 62 ta to‘p kiritgani bilan nom qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!