Mbappe "Diktator" haqidagi virusli memga javob berdi

  • 13.07.2026 22:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionati-2026 paytida ommalashgan navbatdagi internet-memga munosabat bildirdi.

Musobaqa davomida o‘tkazilgan o‘yinlardan birida tribunadagilar orasidagi muxlis qo‘lida Mbappe harbiy formada tasvirlangan plakatni ko‘tarib turgani aks etgan surat tarqaldi. Bu kadr ijtimoiy tarmoqlarda tezda keng yoyilib, ko‘plab kulgili mem va sharhlarga asos bo‘ldi. Fransiya terma jamoasi yulduzi bu holatga befarq qolmadi.

«Boshqa bunday qilmang», — deb qisqagina izoh qoldirdi Mbappe.

«Diktator Mbappe» (yoki «General Mbappe») memining ildizlari 2024 yil bahoriga borib taqaladi. O‘shanda hujumchining yuristlari Marsel shahridagi kabob do‘koni egasi Mohamed Henniga nisbatan sudga murojaat qilish bilan tahdid qilgan edi. Sabab — menyudagi burgerni hazilomuz tarzda «yumaloq bulka, Mbappe boshiga o‘xshaydi» deb ta’riflagani. Shundan so‘ng bloger futbolchini «diktatura»da aybladi.

Internetdagi bu hazil tez orada yirik trendga aylandi: Kilianni klub va terma jamoada barcha hokimiyatni qo‘lga olgan, avtoritar rahbar sifatida tasvirlash odatga aylandi. Unga «keraksiz» murabbiylarni (masalan, Xabi Alonso) chetlash, transfer siyosatiga qattiq aralashish va jamoadoshlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatish kabi «huquqlar» nisbat berilmoqda.

Jahon chempionati-2026 paytida mem yana bir bor avj oldi: ijtimoiy tarmoqlarda fransuz yulduzini general kiyimida tasvirlovchi neyrotarmoq rasmlari ommaviy ravishda yaratilmoqda, stadionlarga harbiy formada kelayotgan muxlislar ko‘paydi, Mbappe hatto Kongo hukmdori Mobutu bilan ham qiyoslana boshlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!