Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe finalda o‘ynaydimi? Anchelotti javob berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Murabbiy futbolchining holati haqida gapirdi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Kilian Mbappening "Pachuka"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Kilian kecha mashg‘ulot o‘tkazdi va o‘zini yaxshi his qildi. Hamma narsa yaxshi o‘tdi. Bugungi mashg‘ulotda ham uni kuzatamiz. Biz optimistik kayfiyatdamiz", – dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe Ispaniya chempionatining "Rayo Valekano" (3:3) bilan kechgan o‘tgan o‘yinini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan edi.

Ertaga, 18-dekabr kuni, FIFA o‘tkazadigan Qit’alararo kubok finali bo‘lib o‘tadi. Unda "Real" Meksikaning "Pachuka" klubi bilan to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q