Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe: "Fransiya hali eng kuchli jamoa emas"

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Mbappe Frantsiya terma jamoasini hali dunyodagi eng kuchli jamoa emasligini, unga faqat sovrin yutilsa shunday deyish mumkinligini aytdi.

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Marokashga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng (JCh-2026 1/4 finali) jamoaning hozirgi salohiyati haqida fikr bildirdi.

«Men jahon chempioni ham, jahon vitse-chempioni ham bo‘lganman. Bu jamoa esa hozircha na jahonchempioni, na vitse-chempion. Hozirgi paytda u eng kuchli jamoa, deb ayta olmayman.

Bu terma jamoaning salohiyati juda katta, u bilan kelajakni oson tasavvur qilish mumkin. U odamga orzu qilishga imkon beradi, lekin haqiqiy kuchli jamoalar — bu g‘alaba qozonadigan jamoalar.

Biz hali eng kuchli jamoa emasmiz. Bunga qarshi isbot bo‘lmagunicha va men yonimda sovrinni ko‘rmaguncha, buni ayta olmayman», — dedi Mbappe.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q