Mbappe hech kim qilmagan ishni uddaladi
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi chorak finali javob oʻyinida “Bavariya”ga qarshi safar uchrashuvida gol urdi.
Shu tariqa, fransuz futbolchisi bir mavsumda Evrokuboklar doirasida 10 ta safar oʻyinida toʻp kiritgan tarixdagi birinchi oʻyinchiga aylandi.
Bu haqida Opta xabar bermoqda.
Kilian Mbappe qit’aning eng nufuzli musobaqasi davomida raqib maydonidagi bahslarda “Qayrat”ga uchta, “Olimpiakos”ga toʻrtta, “Benfika”ga ikkita gol urgan.
Umuman olganda esa, Mbappe Chempionlar ligasi joriy mavsumida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini jami 15 marotaba ishgʻol qildi.

Fikrlar