Mbappe nega Zidandan qochib yurganini aytdi
“Real” va Frantsiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe futbol jamoatchiligiga nega keyingi paytda Zinedin Zidandan qochib yurganini ochiqladi.
- Keyingi paytda Zinedin Zidan bilan to‘qnasht kelmaslikka harakat qilyapman. Chunki uning terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarning tarqalishiga sababchi bo‘lmoqchi emasman, - dedi Kilian Mbappe.
Avvalroq, Frantsiya terma jamoasini uzoq vaqtdan beri boshqarib kelayotgan Dide Desham bosh murabbiylikdan ketishi va uning o‘rnini Zidan egallashi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Zinedin Zidan bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da ikki muddat ishlagan. 2016-2018 hamda 2019-2021 yillar davomida frantsiyalik mutaxassis madridliklar bilan katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Shundan beri u ishsiz yuribdi.
Ta’kidlash joizki, Zidan har yili qudratli klublardan bosh murabbiylik bo‘yicha taklif oladi. Biroq u Frantsiya terma jamoasini boshqarish ilinjida birorta chorlovni qabul qilgani yo‘q.



Fikrlar