Mbappe Pele va Zidanning natijasini takrorladi

  • 20.12.2022 07:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya milliy terma jamoasi etakchisi Kilian Mbappe ishonchli o‘yini orqali bir qator mashhur futbolchilarning natijasini takrorlamoqda.

Gap shundaki, hujumchi ikkita mundial finalida gol urgan kamsonli o‘yinchilar safidan joy oldi. U 2018 yilda Xorvatiyaga bitta, JCh-2022ning hal qiluvchi bellashuvida Argentinaga uchta gol urgan.

Bundan natijani butun futbol tarixida bor-yo‘g‘i 5 futbolchi amalga oshirgan, xolos. Mbappedan tashqari braziliyaliklar - Vava (1958, 1962) hamda Pele (1958, 1970), germaniyalik Paul Braytner (1974, 1982) va frantsuz Zinedin Zidan (1998, 2006) ikkita JCh finalida gol urgan.

Kilian Qatar yashil maydonlarida 8 bor raqiblari postiga yo‘l topib, 2 marta jamoadoshlari goliga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!