Mbappe: "PSJdan ketish deyarli imkonsiz edi"

  • 15.06.2026 00:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq jamoasi PSJ hamda klub prezidenti Nosir Al-Xelaifiy haqida fikr bildirdi.

Futbolchining taʼkidlashicha, Al-Xelaifiy uning hayotida muhim o‘rin tutadi.

"Hamma faqat yakunni eslaydi va bu tabiiy holat. Chunki PSJdan ketish deyarli imkonsiz edi. Men klubni tark etganimdan keyin shunday vaziyat yuzaga kelishini bilardim. Ammo rostini aytsam, Nosir men va oilam uchun juda ko‘p ish qilgan", — dedi Mbappe.

Shuningdek, frantsiyalik yulduz quyidagilarni ham qo‘shimcha qildi:

"Agar kim bilandir nizo yuzaga kelsa va men o‘zimni haq deb hisoblasam, masalani oxirigacha olib borishdan qo‘rqmayman. Ammo barchasini aralashtirib yubormaslik kerak. Men Nosirni hurmat qilaman. Chunki bugun "Real"da o‘ynayotganim va Frantsiya terma jamoasi sardori bo‘lganimga qaramay, PSJ va Nosir Al-Xelaifiy hayotimda muhim o‘rin egalaydi."

Maʼlumot uchun, Mbappe 2017–2024 yillar davomida parijliklar sharafini himoya qilgan. U erkin agent sifatida "qirollik klubi"ga o‘tgach, tomonlar o‘rtasida moliyaviy nizo kelib chiqqan. 2025 yil dekabrida Parij sudi futbolchi foydasiga qaror chiqarib, PSJni 61 million yevro qarzdorlikni to‘lashga majbur qilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!