Mbappe Ronalduning rekordini urib qoʻydi

  • 29.01.2026 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe 2025-2026 yilg i mavsumda Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Fransiyalik hujumchi sakkizta uchrashuvdan ettitasida ishtirok etib,  raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi.

Bu ko‘rsatkich bilan Mbappe qit’aning eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichidagi sermahsullik rekordini yangiladi. Ushbu rekord avval Krishtianu Ronalduga tegishli edi.

Golli uzatmalar bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etganlar “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise va “Real” vingeri Vinisius Zunior bo‘ldi. Har ikki futbolchi oltitadan golli uzatmani amalga oshirib, jamoalariga xavfli vaziyatlar yaratishda jamoasiga katta yordam berdi.

Darvozabonlar orasida eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan posbon “Tottenxem” vakili Gulyelmo Vikario bo‘ldi. U umumiy bosqichdagi sakkiz o‘yning oltitasida gol o‘tkazmadi va o‘ta ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Bu statistik yutuqlar mavsumning asosiy futbolchilari va ularning Chempionlar ligasi guruh bosqichida jamoa muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!