
Mbappe Serxio Ramosning Madriddagi uyini olyapti
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tobora oydinlashib bormoqda.
Manbalarning yozishicha, 25 yoshli forvard Madrid shahridan hashamatli uy sotib olishga kirishdi.
Mbappe “Real”ga uzoq yillar sardorlik qilgan Serxio Ramos yashagan uyni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumki, Ramos 2005-2021 yillar davomida madridliklar sharafini himoya qilgan va ikki yil davomida Mbappe bilan birga PSJda ham o‘ynagan.
Fikrlar