Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mbappe “sindi”!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Mbappega qiyin bo‘ldi

Taniqli frantsiyalik jurnalist Daniel Riolo Evropa Chempionlar ligasi doirasida penaltidan gol urolmagan Kilian Mbappe keskin tanqid ostiga oldi.

- Mbappe o‘zida emas, kallasi aylanib qolgan. Hatto penalti tepishi ham rasvo. Hozir Kilian shu darajada yomon ahvoldagi uni futbolchi deyishga ham til bormaydi.

Maydonda u hech narsa qila olmayapti, hech narsaga erishmayapti, hatto harakat va yugurishida ham ma’no yo‘q. U eng quyi darajaga tushib bo‘ldi.

Siz qachondir o‘yinchi mana shu tarzda “sinib”, ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rganmisiz? Uning ruhiyati shu darajada ziyon ko‘rganki, maydonda nima qilishni bilmaydi. Borgan sari Mbappe futbol o‘ynagisi kelmay qolgani oydinlashib bormoqda. Menga uning ichidagi olov so‘ngandek ko‘rinyapti, - dedi Daniel Riolo.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q