Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mbappe tufayli maslahatchi ishdan olinadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning kelajagi Kilianga bog‘liq edi

Agar Kilian Mbappe yozda jamoani tark etadigan bo‘lsa, PSJning strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Luim Kampush ishdan olinadi.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Kampushning klubga taklif etilishiga asosiy sabablardan biri Mbappe va uning atrofidagilar bilan munosabati mustahkam ekani bo‘lgan. Uning klubdagi asosiy vazifasi Kilianni PSJ bilan shartnomani uzaytirishga ko‘ndirish etib belgilangan.

25 yoshli forvard klubning yangi shartnoma bo‘yicha bir necha taklifini qabul qilgani yo‘q. Agar Mbappe yozda klubdan ketadigan bo‘lsa, rahbariyati loyihani qayta shakllantiradi.

Bu jarayonda Luish Kampush klubga kerak bo‘lmay qoladi.

Evropaning aksariyat manbalari Kilian Mbappe “REal” bilan uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lganini yozmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q